Foydalanuvchi bilan shartnoma

Maxsulotlarning xaqiqiyligini tekshirib ko‘rish bo‘yicha
Foydalanuvchi bilan shartnoma

TOZA.UZ tizimi, (bundan buyon «Ijrochi») ushbu shartnomasini (bundan buyon «Shartnoma») qabul qilgan mijozlar uchun Maxsulotlarning xaqiqiyligini tekshirib ko‘rish ximatini (bundan buyon «Xizmat») taklif etadi.
Www.toza.uz internet- saytida «TEKSHIRMOQ» tugmasini bosish bilan maxsulot PIN-kodini tekshirib ko‘rish xolati mijoz tomonidan Shartnoma shartlariga  roziligini anglatadi (O‘zbekistoi respublikasi Grajdanlik kodeksi, 370 modda).

 1. ATAMALAR VA ANIQLANTIRISHLAR

  • Mijoz – shartnoma shartlariga maqbul keladigan maxsulotga ega bo‘lgan xamda shartnoma shartlarini qabul qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs.
  • PIN-kod –maxsulot xaqiqiyligini tekshiruvchi tizimda qayd qilingan, ximoya qatlami bilan qoplangan, kamida 9 (to‘qqiz) belgidan tashkil topgan maxsulotga (bundan buyon «Maxsulot»)  (Maxsulot qutisiga yoxud o‘zgacha yo‘l bilan) bosilgan va faqatgina shu maxsulotgagina tegishli bo‘lgan identifikatsiya raqami.
  • Maxsulotlarning xaqiqiyligini tekshiruvchi tizim (bundan buyon «Tizim) – Mijozga  www.toza.uz internet manzili bo‘yicha on-line xolatida maxsulot xaqiqiyligini tekshirish imkoniyatini beruvchi maxsulot PIN-kodi qayd qilingan dasturiy kompleks.
  • Stiker – Masulotga yopishtirilgan Tizimda qayd qilingan PIN-kod bitilgan maxsus yopishqoq qog‘oz.

2. SHARTNOMA MAQSADI
2.1. Shartnoma maqsadi www.toza.uz sayti orqali Tizimdan foydalanish yo‘li bilan maxsulot xaqiqiyligini tekshirish xizmatidan foydalanishda Ijrochi va Mijoz o‘rtasida yuzaga keladigan vaziyatlarni tartibga solishdir.
2.2. Tizim bo‘yicha barcha xuquqlar faqatgina Ijrochiga tegishlidir.
2.3. Mijoz Shartnoma doirasida unga ma’lum bo‘lib qolgan Ijrochiga tegishli bo‘lgan logotip, maxsulot belgilari va boshqa shu kabi intellektual xuquq ob’yektlarini oshkor qilish xuquqiga ega bo‘lmaydi.

3. XIZMAT KO‘RSATISH SHARTLARI
3.1. Xizmat mijozlarga bepul ko‘rsatiladi.
3.2. Xizmat ushbu Ommaviy Ofertaga ko‘ra ko‘rsatiladi. www.toza.uz internet- saytida «TEKSHIRMOQ» tugmasini bosish bilan maxsulot PIN-kodini tekshirib ko‘rish xolati mijoz tomonidan Shartnoma shartlariga  roziligini anglatadi (O‘zbekistoi respublikasi Grajdanlik kodeksi, 370 modda).
3.3. Tizim tomonidan Mijozga ma’lumot berish shartlari:

  • Maxsulot shikastlanmagan stikerga ega bo‘lishi;
  • Maxsulot shikastlanmagan ximoya qatlamiga ega bo‘lishi xamda PIN-kod bilan  markirovka qilingan (tamg‘alangan) bo‘lishi;
  • Ximoya qatlami ostidagi PIN-kod kamida 9 (to‘qqiz) belgidan tashkil topgan bo‘lishi;
  • PIN-kod tizimda qayd etilishi.

Ushbu shartlarning birontasi qaysi bir sababga ko‘ra bajarilmay qolgan xolatda Ijrochi Maxsulotning xaqiqiyligi xaqida ishonchli ma’lumot berilishini kafolatlamaydi.  
3.4. Shartnomanig 3.3. bandiga to‘g‘ri keladigan Maxsulotga ega bo‘lgan Mijoz Tizim orqali Maxsulot xaqiqiyligini tekshirib ko‘rish uchun ximoya qatlamini o‘chirib tashlab www.toza.uz internet-saytiga kirib xos maydonchaga kamida 9 (to‘qqiz) belgidan tashkil topgan PIN-kodni kiritib «TEKSHIRMOQ» tugmasini bosadi. Shundan so‘ng Tizim agar maxsulot xaqiqiy bo‘lsa «PIN KOD TIZIMDA QAYD QILINGAN», yoxud Maxsulot qalbaki bo‘lsa «PIN KOD MAVJUD EMAS. MAXSULOT QALBAKI BO‘LISHI MUMKIN» javobini chiqarib beradi. Xar bir pin-kod betakror bo‘lib faqat bir marotaba tekshirib ko‘rilishi mumkin. Takroriy tekshirish amalga oshirilganda Tizim Mijozga bu PIN-kod avval xam tekshirilganini va uning qalbaki bo‘lishi mumkinligini xabar qiladi.

4. TIZIM XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Ijrochi majburiyatlari:

  • Mijozga Shartnoma shartlariga ko‘ra Xizmatdan foydalanish imkoniyatini berish.
  • Mijozga Xizmat va xizmatdan foydalanish bilan bog‘liq msalalar bo‘yicha maslaxat berish.
  • Tizim tomonidan yuzaga kelgan tizimdagi nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf qilish.
  • Shartnoma shartlariga ko‘raMijozga Maxsulot xaqiqiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazish.
  • Xizmat ko‘rsatish shartlariga o‘zgartirishlar kiritilgan xolatlarda Tizim internet-saytda bu o‘zgartirishlarning kuchga kirishidan kamida 5 (besh) kun avval e’lon qilishi.
  • Texnik sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Mijoz Xizmatdan foydalanish imkoniyatlari cheklanish xolati yuzaga kelgudek bo‘lsa  internet-saytda bu xaqidagi ma’lumotni kamida 5 (besh) kun avval e’lon qilish.

4.2. Ijrochi xuquqlari:

  • Istagan vaqtida sabablarini tushuntirib o‘tirmay, jumladan texnik sabablarini,  internet-saytda ba xaqida kamida 5 (besh) kun avval e’lon qilgan xolda Xizmat ko‘rsatishni vaqtinchalik to‘xtatib turish, qayta tiklash yoxud butunlay to‘xtatish.
  • www.toza.uz internet-saytida e’lon qilgan xolda Shartnomaga bir tomonlama o‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kiritish.
  • O‘zgartirishlar va to‘ldirishlar kirtish xaqidagi e’londan keyin xam Mijoz tomonidan Xizmatdan foydalanishda davom etish uning ushbu o‘zgartirish va to‘ldirishlarga roziligini anglatadi.
  • www.toza.uz internet-saytida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid kelmaydigan xar qanday axborot va reklama ma’lumotlarini joylashtirish.

5. MIJOZ XUQUQ VA MAJBURIYATLARI
5.1. MIJOZ majburiyati:

  • Maxsulot xarid qilganda unda Stiker borligini va Stikerdagi ximoya qatlami shikastlanmaganligini tekshirib ko‘rish.
  • Maxsulot PIN-kodini to‘g‘ri kirgazish;
  • www.toza.uz internet-saytida chop etilgan ma’lumotlardan Ijrochidan yozma ravishda ruxsat olmasdan turib daromad olish yoxud o‘zga maqsadlarda foydalanmaslik, ulardan nusxa ko‘chirmaslik, ko‘paytirmaslik, ulardan foydalanmaslik.
  • www.toza.uz internet-sayti ish faoliyatiga, uning funksional butunligini taminlovchi jaroyon va komponentlari faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan asbob-uskuna va dasturiy maxsulotlardan foydalanmaslik.

5.2. Mijoz xuquqlqri:

  • Ushbu Shartnoma doirasida to‘laqonli Xizmat olish;
  • Xizmat xaqida va shu jumladan Xizmat yetkazib berilishi xaqida to‘la ma’lumot olish;
  • Elektron pochta orqali info@toza.uz manziliga maslaxat va Xizmat xaqida ma’lumot olish, Shartnoma bo‘yicha yuzaga keladigan savollarga javob olish uchun murojaat qilish.

6. TAMONLAR JAVOBGARLIGI
6.1. Ijrochi javobgarlikni olmaydigan xolatlar:

  • telekommunikatsion aloqa tizimlari sifatiga, Xizmat ko‘rsatishda Ijrochiga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuzaga keladigan telekommunikatsion uzilish va tutilish xollariga;
  • Xizmat Mijozga uchinchi shaxslar tarafidan ko‘rsatilayotgan vaqtda telekommunikatsion uzilish va tutilish xollariga;
  • Xizmat ko‘rsatish sifatining pasayib ketishi Shartnoma shartlari va majburiyatlarining noto‘g‘ri va nojo‘ya amalga oshirilishi, jumladan PIN-kodni noto‘g‘ri terilishi va x.k. kabi sabablarga ko‘ra kelib chiqqanda;
  • Mijozga xar qanday sabablarga ko‘ra, jumladan Tizim faoliyatida yuz bergan uzilishlar, ish faoliyatidagi to‘xtashlar, funsiyalarning o‘zgarishi kabi kamchilik-xatolar tufayli Xizmatdan foydalanish yoki foydalana olmaslik sababiga ko‘ra ziyon yetganda;
  • Ijrochiga bog‘liq bo‘lmagan xolda Tizim ish faoliyatida yuzaga kelgan uzilish va tanaffuslar xamda ish faoliyatining buzilishi natijasida Tizimdan foydalana olmaslik xolatlari yuzaga kelganda;  
  • Mijozga uning aybi bilan maxsulotning yo‘qotilishi, PIN-kod va unga tegishli bo‘lgan boshqa ma’lumotlarning oshkor bo‘lib qolishi natijasida zarar yetgan xollarda.

6.2. Ijrochi Mijozlardan faqat Shartnoma doirasida ko‘rsatiladigan Xizmatlar yuzasidangina da’volar qabul qiladi va ularni ko‘rib chiqadi. Mijozga Ijrochi tamonidan Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoxud chala bajarilgan xolati ayon bo‘lganda  Mijoz 3 (uch) kalendar kunidan kechiktirmasdan Ijrochining info@toza.uz elektron manziliga elektron shakilda da’vo jo‘natadi.
Da’voda Mijozning ismi, sharifi, familiyasi, manzili, murojaat ma’no-moxiyati, pin-kod xamda  identifikatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
6.3. Ijrochi da’voni asosli deb tan olingan xolatda ko‘rib chiqadi xamda da’vo qabul qilingan vaqtdan keyin 30 (o‘ttiz) kundan ortiq bo‘lmagan muddatta da’vo talablari bartaraf etilishi uchun chora ko‘radi. Da’vo talablari Sharnomaning 6.2. bandiga zid bo‘lganda Ijrochi da’voni qabul qilish yoki ko‘rib chiqishdan bosh tortishi mumkin.

7. FORS-MAJOR XOLATLAR
7.1. Tamonlar ushbu shartnoma shartlarini qisman yoki to‘la ravishda ularga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan sabablar, jumladan: tabiiy ofatlar, texnik nosozliklar, o‘t ketishlar, ommaviy tartibsizliklar, revolyutsiyalar, xarbiy xarakatlar, karantin e’lon qilinishi va boshqa rasmiy tan olingan shu kabi ofatlar xamda ular tasiri ostida bajara olmagan xolatlarda (fors-major xolatlar) xech qanday javobgarlikni olmaydilar.
7.2.Tamonlardan birining Fors-major xolatlarining yuzaga kelishi tufayli Shartnoma shartlarini bajarish bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmaganda qarshi tamonni 10 (o‘n) kalendar kuni ichida yozma ravishda ogoxlantirishi yoki buni saytda e’lon qilishi shart. Unda keltirilgan faktlar Savdo-sanoat palatasi yoki boshqa mas’ul organlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi shart.

8. NIZOLAR XAL QILINISH TARTIBI
8.1. Shartnoma bajarilishi jaroyonida yuzaga keladigan nizolar Shartnoma Tomonlari  tamonidan muzokaralar asosida ko‘rib chiqiladi.
8.2. O‘zaro kelishuvga kelinmagan xolatlarda nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida ko‘rib chiqiladi.
8.3. Shartnomada qayd etilmagan boshqa jamiiki xolatlarda Shartnoma Taraflari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari asosida ish ko‘radilar.