Qalbaki bo`lsa

Siz qalbaki maxsulot xarid qilgan bo‘lsangiz nima qilmog‘ingiz zarur?

Tizimda PIN kodni tekshirish natijasida kiritilgan kod tizimda ro‘yxatdan o‘tmaganligi yoxud sizdan avval xam bu kod tekshirish uchun tizimga kiritilganligi xaqida axborot olgan taqdirigngizda bilingki bu qalbaki maxsulot bo‘lishi mumkin. E’tibor bilan PIN kodni to‘g‘ri kiritganizga amin bo‘ling. Bordiyu kod to‘g‘ri terilgan bo‘lib maxsulot qalbaki bo‘lib chiqsa, u xolda:

1. Qalbaki maxsulotni xarid qilingan joyga qaytaring va pulingizni qaytarilishini talab qiling

Sotuvchiga maxsulotni qanday yo‘l bilan tekshirganingizni va tizimdan qanday javob olganinganini ma’lum qiling. Imkoniyat mavjud bo‘lgan xollarda tizimdan olingan javobni ko‘rsating.

Bordiyu sotuvchi pulingizni qaytarishdan bosh tortsa:

2. Da’vo arizasini yozib sotuvchiga jo‘nating

Sotuvchi pulingizni qaytarishdan bosh tortsa, yoki xarid vaqtidan buyon ma’lum vaqt o‘tib ketgan bo‘lsa, ikki nusxadagi yozma ko‘rinishdagi da’vo arizasini tuzing.

Ulardan birini sotuvchiga berib ikkinchisini o‘zingizda qoldiring. Sotuvchidan sizda qolayotgan nusxaga uni qabul qilib olganlik xaqida belgi qo‘yib berishini iltimos qiling: sotuvchi ism-sharifi, uzining amali va qabul qilib olgan vaqtni ko‘rsatib imzo chekib berishi lozim bo‘ladi.

Bordiyu sotuvchi da’voga imzo chekishdan bosh tortsa o‘zingizga tegishli nusxaga bu xaqida yozib sotuvchi manziliga buyurtmali xat qilib jo‘nating.

3. Sudga, O‘zdavraqobatqom va ichki ishlar organlariga murojaat qiling

Sotuvchi Sizning pochta orqali yuborgan da’voingizni olgandan keyin xam talabingizni qondirishdan bosh tortsa sudga murojat qilib xuquqlaringizni ximoya qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari sotuvchining noqonuniy xatti-xarakatlari xaqida quyidagi tashkilotlarga shikoyat qiling:

-mavjud bo‘lgan xolda sotuvchidan yuqori turuvchi tashkilotga;

-O‘zbekiston Respublikasining xususiylashtirish, mnopoliyadan chiqarish va raqobatni kuchaytirish davlvt qo‘mitasiga. Murojaat uchun manzil: O‘zbekiston respublikasi, Toshkent shaxri, 100003, O‘zbekiston shoxko‘chasi 55 uy. faks: + 998(71) 239-4784, ye-mail: fd@gki.uz;

-ichki ishlar organlarining maxsulotlarni qalbakilashtirsh bilan kurash bo‘limlariga;

-prokuraturaga.

Bundan tashqari siz bizga o‘zingizning elektron manzilingizni yoxud telefon raqamingizni ko‘rsatgan xolda kim va qayerda sizga qalbaki maxsulot sotgani, xamda qaysi sabablarga ko‘ra pulingizni qaytarishdan bosh tortayatganligi xaqidagi ma’lumotni qoldirishingiz mumkin.