Tizim haqida

TOZA.UZ tizimi maxsulotning xaqiqiy yoki qalbakiligini tekshirib ko‘rish imkoniyatini beruvchi onlayn xizmatini taklif etadi.

Barchamizga yaxshi ma’lumki qalbakilashtirishdan maxsulot ishlab chiqaruvchilar xam, xaridorlar xam ziyon ko‘rishadi. Ishlab chiqaruvchilar olinadigan daromaddan, maxsulot bozoridan va bu maxsulotga bo‘lgan ishonchdan ayriladilar va buning natijasida maxsulot bozoridan maxrum bo‘ladi. Bu esa xaridorlarga faqatgina sifatsiz yoki qalbaki bo‘lgan maxsulotlardan tanlash imkoniyatigina qoldiradi xalos.

Biz xaridorlarga xarid qilingan maxsulot xaqiqiyligiga va uning qalbaki emasligiga ishonch xosil qilishiga imkoniyat beruvchi sodda xizmat turini taklif etamiz. Bundan tashqari bu xizmat turi ijtimoiy axamiyatga ham ega.

Xar bir maxsulot faqat ungagina tegishli bo‘lgan PIN kodga ega bo‘lgan stiker bilan belgilanadi. Ushbu PIN kod maxsus ximoya qatlami bilan ximoyalangan bo‘lib xaridor bu ximoya qatlamini o‘chirib tashlab tizim saytida bu kodni tekshirib ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi. Tekshirish vaqtida tizim maxsulotning xaqiqiy (original) yoki qalbaki (kontrofakt) ekanligi xaqidagi ma’lumotni chiqarib beradi. Bordiyu tekshirish natijasiga ko‘ra maxsulot qalbaki bo‘lib chiqsa tizim buyumning qachon va qayerda xarid qilinganligi xaqida ma’lumot qoldirishni taklif etadi.

O‘z vaqtida bu ma’lumotlar qaysi turdagi maxsulotlar ko‘proq qalbakilashtirilishi, qachon va kim tomonidan sotilishini aniqlashda va chora ko‘rish uchun tegishli organlarga yetkazilishida katta yordam beradi.